Новости

Последние новости

янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yuksak natija e’tirofi — Quvada oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi
янв.21
Karkidondagi ekoturizm loyihasi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar

 Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tumandagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘iniga
tashrif buyurdilar. 

Safardan maqsad — mahalladagi aholi muammolarini o‘rganish va “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan
yaqindan tanishish edi. 

Dastlab deputatlar mahallaning ijtimoiy infratuzilmasida muammolar mavjud bo‘lgan ko‘chalarda bo‘lib,
aholining turmush sharoiti bilan tanishdilar hamda mavjud muammolarni o‘rgandilar. 

Uchrashuv chog‘ida deputatlar mahalla aholisiga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, Prezident qarori asosida
tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Shu bilan birga, “Mahalla yettiligi”ning vazifalari, aholi muammolarini hal etishda
ularning o‘rni va roli haqida batafsil tushuntirish berildi. 

Tadbir yakunlangach, fuqarolar o‘z savollariga javob oldilar hamda bir qator taklif va tashabbuslarini
deputatlar e’tiboriga havola etdilar.  

Slide 1 of 9