Новости

Последние новости

янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar
янв.21
Quva tumanida deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida

 Ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari deputatlar nazoratida 

Tumanda ta’lim va tarbiya
sifatini yaxshilash, shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida
amalga oshirilayotgan loyihalar deputatlar nazoratida izchil davom etmoqda.
 

Jumladan, Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari 2025 yilning birinchi mavsumi “Tashabbusli byudjet”
loyihalari va investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
nazorat tadbirlarini olib bormoqdalar.
 

Hususan, deputatlar tumandagi
Kandabuloq mahallasida joylashgan 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Arslon Invest”
MChJ tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining holi va sifati bilan yana
bir bor tanishdilar.
 

Bunda asosiy e’tibor bajarilayotgan
ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq olib borilayotgani, qurilishda ishlatilayotgan
materiallar sifati va xavfsizlik talablariga qanchalik rioya etilayotganiga e’tibor
qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qurilish mas’ullariga bartaraf etish yuzasidan
tavsiyalar berdilar.
 

Aytib o‘tish lozimki, bunday o‘rganish va nazorat ishlari loyihalarning shaffof
va samarali amalga oshirilishi, aholi ehtiyojlariga javob beradigan sifatli ijtimoiy
ob’ektlarni foydalanishga topshirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5