Новости

Последние новости

янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar
янв.21
Quva tumanida deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Quva tumanida deputatlar aholi muammolarini o‘rgandilar
янв.21
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rganmoqdalar
янв.21
Deputatlar tumanda paxta yetishtirish holati bilan yaqindan tanishdilar
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi deputatlik guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Tumanda "Ishbilarmon ayol" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihalarining amalga oshirilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar

 Deputatlar tuman tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandilar 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari tumandagi Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida homiylik asosida qaytadan barpo etilayotgan 13-son oilaviy poliklinikada
amalga oshirilayotgan ishlar bilan navbatdagi yaqindan tanishuv ishlarini olib bordilar. 

Tashrifdan asosiy
maqsad–tuman tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar jarayonini o‘rganish,
xususan, Prezident raisligidagi kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan “90 kunlik
o‘zgarishlar vaqti” doirasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 

Deputatlar qurilish
va ta’mirlash ishlari jarayonini ko‘zdan kechirib, binoning loyihaviy yechimlari,
sifat ko‘rsatkichlari hamda bajarilish muddatlari bilan qiziqdilar. Ayni paytda
mazkur oilaviy poliklinikada bezak ishlari
amalga oshirilmoqda. 

Tashrif davomida
deputatlar bino quruvchilari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari
bilan tanishdilar va berilgan savollariga javob berdilar. 

Bu tashrif nafaqat
Sanoatchilar mahallasi, balki butun tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish
yo‘lidagi amaliy ishlarga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasi bo‘ldi.  

Slide 1 of 6