#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I, 1996-yil 29-avgust) talablari asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlarini ta’minlash hamda tibbiyot muassasasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan sohadagi mavjud masalalar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|