#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablari asosida murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash jarayonlari tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning o‘z vaqtida va qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|