#19_1_modda
#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlarining taklif va murojaatlari tinglanib, sohada faoliyat samaradorligini oshirish, aholiga yanada sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda tibbiyot muassasalarida mavjud masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|