35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Maniobod mahallasida mahalla yetakchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Uchrashuv davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov Ilg‘or mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Sherobod tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Sherobod tumani prokurorining katta yordamchisi A. Mamayorov ishtirokida Sherobod tumani davlat arxivida Sherobod tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilish davomida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, davlat xaridlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🤝 Yig‘ilishda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✅ Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan topshiriqlar ijrosi mas’ul tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6