35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Maniobod mahallasida mahalla yetakchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Uchrashuv davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov Ilg‘or mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Deputat va pochta tizimi vakillari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan biriktirilganligi doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Pastdarg‘om tuman filialiga biriktirilgan tuman deputati F. Islomova bugun mazkur tashkilotda bo‘lib, hamkorlik yo‘nalishidagi dolzarb masalalar hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan bo‘lim rahbari bilan suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida pochta xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, shuningdek, deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishilib, kelgusida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2