35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar va aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va tizimdagi mavjud holat o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov tomonidan Go‘zal mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev tomonidan Maniobod mahallasida mahalla yetakchisi bilan birgalikda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan Chelak tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputati S.Maxkamov Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rgandi.
янв.21
Uchrashuv davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati X.Xudayberdiyeva hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi F.O‘ktamov Ilg‘or mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari

❗️ Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar va Olmazor Kengashi deputatlari tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

🏥 Dastlab deputatlar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Poliklinika bosh shifokori tomonidan deputatlarga tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari, laboratoriya hamda instrumental diagnostika xizmatlari, kunduzgi statsionar faoliyati, elektron boshqaruv tizimlari va raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tor mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, profilaktik ko‘riklar, skrining tadbirlari hamda oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolash tizimi bilan tanishtirildi.

📊 Ta’kidlanganidek, Olmazor tumanida 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritib, ular orqali 400 ming nafardan ortiq aholi birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olingan. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika esa mazkur tizimning ixtisoslashtirilgan bo‘g‘ini sifatida oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarga malakali tor mutaxassislik xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Muassasada elektron navbat tizimi, elektron tibbiy karta, tibbiy menejer instituti, bemorlar oqimini boshqarish (patient routing) tizimi hamda keksa va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida xizmat ko‘rsatish mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi.

🤝 O‘rganish davomida deputatlar fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, shifokorlar qabuli, diagnostika xizmatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar. Shu bilan birga, deputatlar va mutasaddilar ishtirokida tizimni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

⚖️ O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda deputatlar o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar vaqtida tibbiy xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida poliklinikani zaxira elektr generatorlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb taklif sifatida ilgari surildi va uni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish zarurligi qayd etildi.

🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10