#162_qonun #yoshlar_yetakchisi_faoliyati 🏛️Yoshlar siyosati markazda: "Yulduz" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati atroflicha tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Yulduz” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini atroflicha tahlil qildilar.
⏺Mazkur nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etilib, yoshlar yetakchisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.
💬"Yulduz" mahallasida yoshlarning holati va yetakchi faoliyati statistikasi:
🟢Mahalladagi umumiy 1394 nafar bo‘lib, yoshlar quyidagi toifalarga ajratilgan: ▶️"Yashil toifa" (rasmiy bandlar, o‘quvchi/talabalar): 1090 nafar yosh. ▶️"Sariq toifa" (band bo‘lmagan, lekin o‘qishga/ishga intilayotganlar): 304 nafar yosh. ▶️"Qizil toifa" (ijtimiy himoyaga muhtoj, muammoli yoshlar): 23 nafar yosh.
💬2026-yilning 6 oyi davomida yoshlar yetakchisi tomonidan quyidagi amaliy ishlar amalga oshirilgan:
🟢“Yoshlar daftari” orqali ko‘mak: “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritilgan yoshlarning 6 nafariga turli moddiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilgan. Yana 2 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.
🟢Bandlikni ta’minlash: Yil boshidan o‘tkazilgan xatlov natijasida aniqlangan jami 12 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilgan. 4 nafari doimiy ishga joylashtirildi. 8 nafariga o‘z biznesini boshlashi uchun asbob-uskuna berish orqali bandligi ta’minlangan.
💬
"Yoshlar yetakchisi — nafaqat statistika yurituvchi shaxs, balki har bir yoshning hayotida ijobiy o‘zgarish yasovchi amaliy ko‘makchi bo‘lishi shart. Biz bugun mana shu amaliy natijalarni ko‘rib turibmiz," — deya ta'kidladi deputat I.Shatova.
🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisining ish samaradorligini yanada oshirish, "Qizil" va "Sariq" toifadagi yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.