#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|