#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida 28-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv xonalari va moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida maktabda yaratilgan ta’lim sharoitlari, o‘quv xonalari va moddiy-texnik baza, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, sport maydonchalari hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, umumta'lim maktabiga qo'shimcha bino qurish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|