#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev ishtirokida Boshcho‘rosh mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholining ijtimoiy muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Yakunda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar hamkorligida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|