Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Allayorova tomonidan o‘z hududidagi savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati hamda savdo shoxobchalarida iste’molchilar huquqlariga rioya etilish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda savdo madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bunday o‘rganishlar hudud aholisi manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishga xizmat qiladi.