Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ichki yo‘llarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Payariq tumani rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘rganish davomida drayver loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirishga qaratilgan takliflar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq,hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho'rosh okrugidagi Xosa mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
QAROR IJROSI O'RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri 6-may ish rejasi ijrosi yuzasidan Sardoba tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, tumanda sohalar kesimida aniq rejalar ishlab chiqildi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatildi.

Jumladan, qarorda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli tashkilot va muassasalar o‘rtasida hamkorlik mustahkamlandi, mas’ul ijrochilarga aniq vazifalar yuklatildi. Ijro jarayonini muvofiqlashtirish, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda samaradorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda tahlillar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Bu esa belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kelgusida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilib, belgilangan maqsad va vazifalarga to‘liq erishish choralari ko‘riladi.

Slide 1 of 3