#Yoshlar_maslahat_guruhi
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi N.Xolmaxammatova tomonidan Go‘zal mahallasida xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini olib borib, yurtimizga qaytgan fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida fuqarolarning murojaatlari, bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|