Yig‘ilishda Kengash raisi R. Ziyayev deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib, birinchi navbatdagi 24 ta tavsiya asosida ishlarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Saylov okruglarida o‘rganishlar olib borish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, deputatlardan doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etish, masalalarni dastlab komissiyalarda ko‘rib chiqib, sessiya muhokamalariga kiritish so‘raldi.
Aholi manfaatlari yo‘lida tizimli ishlar davom etmoqda.