#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Ko‘lto‘sin mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarning bandlik masalalari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Shuningdek, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-642-son, 20.10.2020-yil) talablari asosida mehnat qilish, ish bilan ta’minlanish va bandlik imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Aniqlangan masalalarni hal etish, fuqarolar bandligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|