Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 7-Boshcho‘rosh saylov okrugidan saylangan deputati J.Axunov Xosa mahallasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ichki yo‘llarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
O‘rganish davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Payariq tumani rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘rganish davomida drayver loyihalarning hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirishga qaratilgan takliflar tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq,hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan 7-Boshcho'rosh okrugidagi Xosa mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida joylashgan oilaviy poliklinika faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha.

TAVSIYALAR

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.

Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.

Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.

Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.

Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.

Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.

Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi.

Kuz-qish mavsumida isitish tizimi .

Liftlarni ishlashi .

Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati.

Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar.

Parklar, xiyobonlar, bog‘larning holati.

Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.

Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.

Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.

Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

Hududdagi investisiyalar bo‘yicha holat.

Aholi bandligi masalalari.

Navbatdagi sessiyaga kiritiladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

Izoh: Ushbu masalalarga partiyaviylik va doimiy komissiyaga a’zolik nuqtayi nazaridan ustuvorlik berilishi mumkin.