#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi 20 ta kambag‘al oila uchun individual dasturlar ishlab chiqilgani hamda ularning daromadini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Hozirda mahallada kambag‘allik darajasi 2 foizni tashkil etib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 1 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.
Deputat tomonidan mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|