#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida Dehqonobod mahallasida amalga oshirilayotgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, ishlarning sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi holati tahlil qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|