#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|