Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S. Maxkamov tomonidan Juvozxona mahallasi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Guzal va Farovon mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilma ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Maxkamov tomonidan Dehqonobod mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Guzal mahallasining Uyg‘un ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Dehqonobod mahallasi raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S. Maxkamov tomonidan okrug hududida aholi murojaatlari va hududni obodonlashtirish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga asosan, 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati Maxkamov Sobir To‘xtamishovich bilan birgalikda Dehqonobod MFY hududida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish holatlari o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich olib bordi.Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyatning bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari B.Soatovning hisoboti tinglandi. Hisobot davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi.Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlanib, tegishli mas’ullardan atroflicha izoh va tushuntirishlar olindi.Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, kun tartibidagi masala bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.  

Slide 1 of 3