#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Z.Turdiyev tomonidan Yangiobod mahallasida amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi va ularning sifati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan hududdagi piyodalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yo‘laklarning qurilish sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda ishlarning belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, olib borilayotgan ishlarning borishi, muddatlariga rioya etilishi va mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)