#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shakarov Baxrulla Ulashevich tomonidan G‘allakor mahallasidagi yo‘llar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidan o‘tuvchi ichki yo‘llarning bugungi holati, xususan, asfalt qoplamasining mavjud emasligi, yog‘ingarchilik kunlari yo‘llarda suv to‘planib, aholiga jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi.
Deputat tomonidan ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilotlarga amaliy takliflar kiritilishi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur choralar ko‘rilishi belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)