O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli qaroriga muvofiq hududlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 13-Ko‘tarma saylov okrugidan saylangan deputati Farxod Ibragimov tomonidan Ko‘tarma mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda belgilangan loyihalarning ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda hududni obod va zamonaviy qiyofaga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Deputatlik nazorati — hududlar ravnaqi va aholi farovonligi yo‘lida!