Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati hamda patronaj xizmatlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.
Patronaj xodimlari tomonidan homilador ayollar, yosh bolalar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va surunkali kasallikka chalingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-profilaktik xizmatlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan muassasa rahbariyati va mas’ul xodimlarga xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!