Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN “TABIATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, №754-XII ijrosi va mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Komissiya tomonidan mazkur qonunda belgilangan tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid asosiy talablar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida hududdagi ekologik holat, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, obodonlashtirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Doimiy komissiya tomonidan mas’ul tashkilotlarning qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va ekologik xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha Doimiy komissiyaning nazorat va tavsiya berish faoliyatini davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 2