Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida

🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida mahallada aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
🔺Jumladan, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔺Shuningdek, mahalladagi mehnat bozorini o‘rganish, aholining bandlik ehtiyojlarini aniqlash va fuqarolarni doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🔺O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarning munosib mehnat sharoitida faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
🔺O‘rganishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5