Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida

🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, xususan, suv quvurlarini ta’mirlash bilan bog‘liq mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 22.07.2022 yildagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘RQ-784-sonli Qonun ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida mahalladagi ichimlik suvi tarmoqlarining holati, ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan mahalla aholisi bilan suhbatlashilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
🌏Deputat tomonidan aholining sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanishi muhim masalalardan biri ekani ta’kidlanib, aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
🌏O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, suv quvurlarini ta’mirlash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.
🌏Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5