Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASINING QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya va sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida boshqarmaning kuz-qish mavsumida hududlarda obodonlashtirish ishlarini uzluksiz tashkil etish, sanitariya va tozalikni ta’minlash, yashil hududlarni saqlash hamda noqulay ob-havo sharoitlarida zarur ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, korxona tasarrufidagi maxsus texnika va transport vositalarining texnik holati, ularning mavsumiy ishlarni bajarishga tayyorgarligi, sozligi hamda zarur hollarda foydalanishga shayligi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, kuz-qish mavsumida foydalaniladigan texnik vositalar, zarur jihoz va anjomlarning mavjudligi, ularni saqlash va texnik xizmat ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud texnik imkoniyatlar, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha kuz-qish mavsumini barqaror va tizimli tashkil etish, maxsus texnikalarning doimiy shay holatini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6