Новости

“Ayollar daftari” 7-bosqichini shakllantirish jarayonlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar tomonidan tumanda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini shakllantirish jarayonlari o‘rganildi.

✔️O‘rganish davomida mazkur ro‘yxatni shakllantirish, ma’lumotlarni to‘plash hamda ularni elektron platformaga yuklash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Jarayonlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand xotin-qizlarni to‘g‘ri aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Shuningdek, mutasaddi xodimlarga hujjatlarni belgilangan tartib asosida rasmiylashtirish va ularni o‘z vaqtida Xalq deputatlari tuman Kengashiga taqdim etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Mazkur ishlar xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4