Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Ziyokor” mahallasida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati J.Allayarova tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning ayrimlari joyida hal etildi, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim talab etadigan masalalar yuzasidan esa mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berilib, saylovchilar bilan ochiq muloqot olib borildi.

Slide 1 of 3