Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining qarori bilan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan elektr ta’minotini yaxshilash uchun 110 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Ushbu mablag‘ evaziga:
🔹 “Yo‘g‘ontepa” va “O‘zbekiston” mahallalariga 160 kVA transformatorlar;
🔹 “Orlot”dagi Qulchara qishlog‘i va “Mohpar” mahallasiga 100 kVA transformatorlar o‘rnatiladi.
Natijada elektr kuchlanishi yaxshilanadi, tez-tez o‘chishlar kamayadi va aholi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Eng muhimi, bu masala fuqarolar murojaati va deputatlar tashabbusi bilan Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilib, aniq mablag‘ ajratildi. Bu esa Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi aholining muammolarini amalda hal qilayotganini ko‘rsatadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)