Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Jamol Mavlyanov tomonidan “Toytuyoq” mahallasida joylashgan 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududini devor bilan o‘rash masalasi yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.
🏫 Deputat so‘rovda maktab hududi ochiq bo‘lib qolayotgani oqibatida:
🔹 fuqarolar maktab hovlisi orqali katta yo‘lga qatnayotgani;
🔹 chorva mollari maktab hududiga kirib, daraxt va ekinzorlarga zarar yetkazayotgani;
🔹 maktab yonidagi to‘yxona tomonidan futbol maydoni avtoturargoh sifatida foydalanilayotgani
kabi holatlar qayd etilib, maktabni to‘siq devor bilan o‘rash zarurligi ko‘tarilgan edi.
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’lum qilishicha, 2026-yil xarajatlar smetasida 1-, 10-maktablar, 2-IDUM va 24-DMTTlarda ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ushbu obyektlarda ishlar olib borilmoqda.
📅 63-umumiy o‘rta ta’lim maktabini devor bilan o‘rash ishlari esa xarajatlar smetasiga kiritilib, 2027-yil rejasiga asosan amalga oshirilishi bildirildi.
🤝 Deputat tomonidan ko‘tarilgan mazkur masala nazoratga olinib, maktab hududidan maqsadsiz foydalanishning oldini olish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda ta’lim muassasasi hududini saqlash yuzasidan ishlar davom ettiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)