Новости

Последние новости

янв.21
#96_ta_qonun 🏠 Xususiy mulk, investitsiya va energiya samaradorligiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
👍 Deputatlar tashabbusi bilan elektr muammosi yechim topmoqda
янв.21
📢 Ertaga doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
янв.21
#sorov_ijrosi 📌 63-maktabni devor bilan o‘rash masalasi 2027-yil rejasiga kiritiladi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Yoshlar bandligi – mahalladagi ustuvor yo‘nalish
янв.21
#deputat_sorovi ✅15-son oilaviy poliklinika uchun yangi bino qurilishi deputat nazoratida
янв.21
#deputat_sorovi ✅ “Mitan” hududiy filialidagi oqova suv tarmog‘i ta’miri deputat nazoratiga olindi
янв.21
#96_ta_qonun #kengash_raisi 🦁 Fermer xo‘jaliklari faoliyati – qonun ijrosi asosida o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ✅ Mahallada kambag‘allikni qisqartirish – amaliy natijalar bilan
янв.21
#24_ta_masala 📌 Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
#deputat_sorovi ✅15-son oilaviy poliklinika uchun yangi bino qurilishi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Ishtixon tumanidagi 15-son oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish va uning o‘rnida yangi 50 qatnovli bino barpo etish ishlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

➕ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, mavjud poliklinika binosi o‘rniga yangi 50 qatnovli bino qurilib, u 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirilishi belgilangan.

Deputat so‘rovda quyidagi masalalar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan:

🔹 2026-yil I choragi davomida qanday ishlar amalga oshirilgani;

🔹 qurilish va rekonstruksiya jarayonining bugungi holati;

🔹 obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish imkoniyati;

🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati va qurilish ustidan nazorat holati.

Yangi poliklinika binosining qurilishi aholi uchun zamonaviy va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, 1-tip oilaviy poliklinika talablari asosida tashkil etilishi natijasida fuqarolar uchun birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va qamrovi yanada yaxshilanadi.

✅ Deputat tomonidan yuborilgan ushbu so‘rov orqali davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish ishlari sifati ustidan samarali deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1