Новости

Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati J. Shermatov va Kattako‘cha mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D. Umarovlar mahalla hududida aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari doirasida tashkil etilgan issiqxona va chevarxona faoliyati o‘rgandi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot sifati hamda faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Issiqxonada yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aholi ehtiyojini qondirishga xizmat qilayotgani, chevarxona esa xotin-qizlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan tadbirkorlar taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3