Новости

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash o‘z hududiga qarashli Ilg'or mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv davomida mahalla faollari bilan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat bir qator fuqarolar bilan ham suhbatlashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Bundan tashqari, deputat hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishib, ushbu tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidladi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni ta’minlash va hududdagi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1