Новости

Sport anjomlari

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati Z.Xodjimstov Angren shahar “Ko‘kterak” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 7-son umumta’lim maktabini o‘rganish jarayonida maktab rahbari tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasida mavjud muammolar yuzasidan murojaat bo‘ldi.

Xususan, maktabda sport anjomlarining yetishmasligi, sport jihozlarining eskirganligi va yetarli emasligi sababli o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini, sport anjomlari bilan taminlash yuzasidan ma'sullarga deputatlik soʻrovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati