Новости

Uchrashuv

#jarayon

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati E.Karabayev boshchiligida "Yoshlar maslahat" guruhi aʼzolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi Uchrashuv davomida sport sohasida erishilgan natijalar, sport maktablarining bugungi faoliyati, mavjud muammo va yutuqlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, yangi sport turlarini rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda malakali murabbiylar salohiyatini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar sport sohasini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida faollikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2