Joylarda xalq manfaatlarini ifodalovchi kuchli institut — Mahalliy Kengashlar
PF–98-son Farmon mahalliy davlat hokimiyati tizimidagi mutlaq yangi yondashuvlarni belgiladi. Avvalo, mahalliy Kengashlar faoliyatini jadal rivojlantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, ularning qonun ijodkorligidagi ishtiroki, davlat dasturlarini shakllantirish va ijrosini nazorat qilishdagi roli, aholi muammolarini yuqori bosqichlarga yetkazish vakolati kuchaytirilmoqda.
“Mahalla yettiligi — tuman Kengashi — viloyat Kengashi — Senat” tamoyili asosida aholi muammolarini bosqichma-bosqich hal etish, deputatlar va jamoatchilikni qarorlar ishlab chiqish jarayoniga jalb etish mexanizmi yaratilayapti.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Matmuratova