#Deputat_tashabbusi
📍 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi 2-Bog‘ okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich mahalla raisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
📌 Uchrashuv chog‘ida "Obliq" va "G'afur G'ulom" MFY fuqarolari savolari o'rganildi,mahalla hududida o‘rnatilishi rejalashtirilgan yangi mahalla nomlavhalari (belgilari) dizayni ko‘rib chiqildi. Belgilarning ko‘rinishi, rang tanlovi va joylashtirilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
🗣 Muhokama davomida deputat va mahalla yetakchilari tomonidan mahalla fuqarolari uchun qulay va ko‘rinishga chiroyli bo‘lgan dizayn ustida bir to‘xtamga kelindi.
🌿 Tadbir ochiq havoda, mahalla hududida bo‘lib o‘tdi. Bu kabi tashriflar hududni obodonlashtirish, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish va tashkiliy ishlarni tizimli ravishda olib borishga xizmat qilmoqda.