Prezident Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi
Farmonga ko‘ra, mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash yo‘nalishida ham qator choralar amalga oshiriladi
🟢1)mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qarorlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari salohiyatidan foydalanishning samarali mexanizmini yaratiladi;
Yaʼni mahalliy Kengash huzurida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillaridan iborat Ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Doimiy komissiyalar tomonidan qaror loyihalarini ishlab chiqishda Ekspert guruhlarining fikrlarini inobatga olish tizimi joriy etiladi.
🟢2) mahalliy Kengash qarorlarini qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash maqsadida fuqarolarning sessiya ishini bevosita kuzatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
🟢3) saylov huquqiga ega bo‘lgan kamida ming nafar fuqarolarga tuman (shahar) Kengashiga, kamida 5 ming nafar fuqarolarga viloyat va Toshkent shahar Kengashiga ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan elektron murojaat kiritishi huquqi beriladi. Shifo Fayziyeva, Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati