Новости

#MUNOSABAT

 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: Strategik sherikliksari izchil qadamlar 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. 2024-yil 23–26 iyun kunlari Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Khurelsukhning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi hamda 2025-yil iyun oyida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan javob tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamladi. 

Mazkur tarixiy tashriflar doirasida davlatlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Qo‘shma bayonot va 14 ta muhim hujjat imzolandi. Bu hujjatlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan iqtisodiyot, savdo, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda barqaror aloqalarni rivojlantirish uchun zarur asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Matmuratova