2025-yil 30-iyun kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiya tomonidan navbatdagi sessiyaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan qaror loyihalari muhokamasi o‘tkazildi. Mazkur muhokamada sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularning tumandagi mavjud holatga ta’siri va kutilayotgan
natijalari tahlil qilindi.
Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida qaror loyihalarini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu yig‘ilish tuman Kengashi faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan samarali qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.