#Xalq_deputatlari
#Sessiya
📍 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdagi VII chaqiriq 12-sessiyasi bo'lib o'tdi.
🟢 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 Angren shahar mahalliy byudjetining 2025-yil 1-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlarni prognozdan oshirib bajarilishidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
🔸 Angren shahrida xatlovdan oʻtkazilgan geografik obyekt (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)larni nomlash, qayta nomlash va nomlarini davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida;
🔸 Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi 341- sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston mahalla uyushmasi Angren shahar bo‘limi boshlig‘ining mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi hisoboti to‘g‘risida;
🔸 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
🔸 Angren shahar “Grum” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
📋 Sessiya davomida mas'ullarning hisobotlari tinglandi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.
Bizni kuzatib boring!
https://t.me/+cQ-0GfNWO8hjYWVi