Новости

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi PF–143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qaroriga muvofiq, tumandagi mahallalarda xonadonlar kesimida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar asosida aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan aniq choralar ko‘rilmoqda. Bunda ayniqsa hudud sharoitidan kelib chiqib aholi tomorqalaridan unumli foydalanish bo`yicha alohida tavsiyalar berilmoqda. 

Slide 1 of 4