Xalq deputatlari Angren shahar deputati M. O. Nigmatov va mahalla yettiligi hamkorligida 2-Bog` okrugi "Obliq" MFYdagi Qir va Buloq boshi ko'chalarida Yangi Loyihalar Amalga oshirilmoqda.
Bugun mahallamiz hayotida quvonchli va muhim o‘zgarishlar yuz bermoqda. "Tashabbusli byudjet"(Open budget) loyihasi tariqasida eng kop ovoz yig'ib, tasdiqlangan mahalla yo‘llari kengaytirilib, aholimiz uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Shuningdek, oqar suv muammosini bartaraf etish maqsadida ariqlar o‘rnatilib, suv oqimining tartibga solinishi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, toza va sog‘lom muhit yaratish, aholining kundalik turmush sharoitlarini yengillashtirishga xizmat qilmoqda. Bu kabi bunyodkorlik ishlari uchun deputatimiz va barcha fidokor mehnatkashlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, kelgusida ham mahallalar yanada obod va farovon bo‘lishiga ishonamiz.