Toshkent viloyati Zangiota tumani 18-sonli tayanch DMTT da "Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirish tizimini samarali tashkil etishning dolzarb masalalari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
♻️Mazkur seminarda bir qancha masʼul idora va tashkilotlar vakillari qatorida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Tursunova, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M. Turg‘unovlar ham ishtirok etdilar.
♻️Seminarda autsorsing xizmatidan foydalanish bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish, mahsulotni o‘z vaqtida, sifatli yetkazib berish MTT da ta'lim sifatini oshirishga va koʻproq vaqtini bolajonlarni sogʻligini muhofazasiga, ularni gigiyenasini nazorat qilish imkonini yaratishi taʼkidlandi.
♻️Deputatlar bu borada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar qatorida, muammolar ham borligini aytib, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.