Jańalıqlar

#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati Nizomiddin Muxiddinov o‘z saylov okrugidagi "Bog‘ishamol" mahallasida bo‘lib, aholining bandlagini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅Tashrif davomida deputat mahalladagi hokim yordamchisining faoliyatini o‘rganib, aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiya dasturlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

✅Deputat mahalla faollari bilan suhbat davomida mavjud muammo va takliflarni tinglab, aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berdi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4